Skip to content Skip to sidebar Skip to footer

Investitsiya platformalari uchun tartibga soluvchi “sandbox”: biznes va investorlar uchun yangi mexanizm

1-oktabrdan boshlab O‘zbekistonda investitsiya platformalari operatorlari uchun maxsus huquqiy tartib — “regulatory sandbox” joriy etiladi. Bu orqali tadbirkorlik subyektlari 1 yil davomida yangi kapital jalb qilish mexanizmlarini — qimmatli qog‘ozlar chiqarishdan tortib, venchur va aksiyaviy moliyalashgacha — sinov tariqasida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✔️ Tadbirkorlar uchun — investitsiyaga soddalashtirilgan kirish va loyihalarni ishga tushirish hamda targ‘ib qilish imkoniyati.

✔️ Investorlar uchun — kapital xavfsizligini ta’minlaydigan kafolatlar bilan shaffof infratuzilma.

Prognozlarga ko‘ra, ushbu tashabbus har yili milliy iqtisodiyotga qariyb 1 milliard dollar jalb qilishi mumkin.