O‘zbekistonda har bir hududning salohiyatidan kelib chiqib, yangi o‘sish nuqtalari belgilandi. Ayrim hududlarda eksport va mashinasozlikka, boshqalarida turizm va kreativ industriyalarga e’tibor qaratiladi. Ayrim hududlarda esa sun’iy intellekt va “yashil” energetika asosiy rivojlanish drayveriga aylanishi ko‘zda tutilmoqda.
→ Toshkent shahrida asosiy o‘sish nuqtasi eksportga yo‘naltirilgan biznes bo‘ladi.
→ Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega to‘qimachilik sanoati va mashinasozlikka e’tibor qaratiladi.
→ Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida turizm, kreativ industriya va agrosanoatni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish bo‘ladi.
→ Navoiy va Toshkent viloyatlarida kon-metallurgiya sanoati hamda ilmiy kimyo sohasida uzoq qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga e’tibor qaratiladi.
→ Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida agrosanoat majmuasi hamda neft-gaz-kimyo sanoati ustuvor yo‘nalishlar etib belgilanadi.
→ Qoraqalpog‘iston uchun “yashil” energetika, IT va sun’iy intellekt asosiy rivojlanish drayverlari sifatida belgilanadi.
→ Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallariishlab chiqarish sohalarida raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.
2026-yil uchun umumiy maqsad — O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini 180 milliard dollardan, eksport hajmini esa 40 milliard dollardan oshirishdir.