Oziq-ovqat chakana savdosi ichki bozorning asosiy segmentlaridan biri bo’lib qolmoqda va u tovarlarning mavjudligiga, ta’minot zanjirlarining barqarorligiga hamda kundalik hayot sifatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tarmoq samaradorligi ko’p jihatdan logistika, boshqaruv va operatsion jarayonlar darajasi bilan belgilanadi.
Sektorning strategik ahamiyatini hisobga olgan holda, AUIK O’zbekistonning eng tez rivojlanayotgan chakana savdo tarmoqlaridan biriga 15 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Bitim tarmoqni kengaytirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va operatsion samaradorlikni oshirishga qaratilgan.
Bugun AUIK tomonidan alohida loyihalarga yo’naltirilayotgan investitsiyalar hajmi 1 million AQSh dollaridan 25 million AQSh dollarigacha tashkil etadi. Kompaniya kapitali bir qator ustuvor tarmoqlarga, jumladan ta’lim, sanoat ishlab chiqarish, logistika, sog’liqni saqlash va oziq-ovqat qayta ishlashga yo’naltirilmoqda.

