AUIC O‘zbekiston va Ozarbayjonda biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya qiladi, e’tiborini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, logistika, turizm va IT sohalariga qaratadi. Biz kompaniyalarga faoliyatini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqishda yordam beramiz. O‘rtacha investitsiya hajmimiz 1 milliondan 25 million dollargacha. Boshqaruv jamoalari bilan yaqin hamkorlikda ishlaymiz va o‘sishning har bir bosqichida ko‘mak beramiz. Bizning yondashuvimiz uzoq muddatli hamkorlikka, o’zaro mas’uliyat va sherikchilik orqali qiymat yaratishga asoslangan.
Istiqbolli investitsiya sohalari:
- Ta’lim – $25 mln
- Metallni qayta ishlash –$22 mln
- Farmasevtika –$20 mln >$81 mln
- Biotexnologiya sanoati – $9,5 mln
- Fintex –$3,0 mln
- IT – $1,6 mln
AUICning investitsiya imkoniyatlari
AUIC 80 million dollardan ortiq miqdordagi dastlabki ma’qullangan investitsiya loyihalariga qo‘shimcha ravishda ustuvor tarmoqlarda yangi sarmoya imkoniyatlarini faol ko‘rib chiqmoqda, jumladan:
- Moliya
- Transport
- Energetika
- Sog‘liqni saqlash
- Logistika
- Qayta ishlash sanoati