O‘zbekiston barqaror dinamika va yuqori investitsiya jozibadorligini namoyish etmoqda: ichki iste’mol va eksportning oshishi hisobiga 2025-yilda mamlakat YAIMning o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2025-2026-yillarda yillik o‘rtacha iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,1% bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa iqtisodiyotning asosiy sohalaridagi ijobiy tamoyillarni aks ettiradi. 2022-2024-yillarda qayta ishlash sanoatining YAIMdagi ulushi barqaror tarzda 21 % darajasida saqlanib qoldi, bu uning iqtisodiyotdagi asosiy o‘rnini anglatadi. Shu davrda qishloq xo‘jaligining ulushi 23% dan 21% gacha kamaygani esa iqtisodiyotning asta-sekin sanoatlashtirilayotganini va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratilayotganini ko‘rsatadi.
