Mamlakatning yanada barqaror rivojlanish modeliga o‘tishi kam uglerodli texnologiyalarga ichki talabni shakllantirmoqda va xomashyo bo‘lmagan sohalarga investitsiyalar uchun bir qator yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Ular qatoriga qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish, sanoatda energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasi va suv resurslarini tejash kiradi.
“Report on Turkic Economies 2025: Green Economy Transition” hisobotiga ko‘ra, Ozarbayjon “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun institutsional bazasi shakllanayotganmamlakatlar guruhiga kiritilgan. Ushbu guruhdan O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi va Turkmaniston ham o‘rin olgan.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
→ Kam uglerodli texnologiyalarga bo‘lgan talab bosqichma-bosqich shakllanmoqda: ularning importdagi ulushi jami import hajmining 4,9 foizini, eksportdagi ulushi esa qariyb 0,1 foizni tashkil etadi.
→ Toza energiya manbalarining ulushi 2000-yildagi 8,1 foizdan 2024-yilda 12 foizgachaoshgan.
→ Barqaror rivojlanishning xalqaro ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Ozarbayjon Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG Index) erishish reytingida 64-o‘rinda turadi — mamlakat 100 balldan 72,9 ball olgan.
Xomashyo bo‘lmagan yo‘nalishlarga sarmoya kirituvchi investorlar uchun bu ko‘rsatkichlar yaqin yillarda katta kapital talab qiladigan bir qator loyihalar uchun imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish, sanoatda energiya samaradorligini oshirish va chiqindilarni qayta ishlash istiqbolli yo‘nalishlarqatorida.