O‘zbekistonda Enterprise Uzbekistan markazining faoliyat yuritish shartlari kengaytirilmoqda. Markaz ishtirokchilariga 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim taqdim etiladi.

Mazkur tashabbus “regulatory sandbox” mexanizmi doirasini kengaytirib, investorlar uchun yanada qulay va moslashuvchan biznes muhitini shakllantirishga yordam beradi.

→ ish haqini xorijiy valyutada to‘lash imkoniyati


→ ma’lumotlarni qayta ishlashda bulutli texnologiyalardan foydalanish


→ xalqaro mehnat va huquqiy standartlarni qo‘llash


→ qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlari.

Markaz texnologiyalar va investitsiyalar sohasidagi yangi yechimlarni sinovdan o‘tkazish maydoniga aylanmoqda. Ustuvor yo‘nalishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

→ Sun’iy intellekt


→Raqamli transformatsiya va ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlari (R&D)


→Startaplar va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (data markazlar)

Markaz faoliyati doirasida 2030-yilgacha 1000 tagacha kompaniyani jalb qilish, 300 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish hamda 5 milliard AQSh dollarigacha eksport salohiyatini shakllantirish rejalashtirilgan.