O‘zbekiston texnologiyalar, innovatsiyalar va uzoq muddatli samaradorlikka qaratilgan yangi investitsiya jalb qilish modelini shakllantirmoqda. 2026-yilda mamlakat 50 milliard dollar investitsiya jalb qilishni rejalashtirdi, keyingi 5 yilda esa bu ko‘rsatkich 180 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Asosiy e’tibor faqat investitsiyalar hajmiga emas, balki ularning sifatiga qaratilmoqda. Har bir loyiha zamonaviy texnologiyalar olib kirishi, mahalliy tajribani oshirishi, shuningdek, eksport salohiyatini kuchaytirishi lozim.

Investorlar uchun keng qamrovli institutsional muhit yaratilmoqda:

→ maxsus soliq va huquqiy tartiblar

→ xalqaro standartlar va arbitraj mexanizmlari

→ “yagona darcha” raqamli platformasi orqali infratuzilmaga kirish

Strategik yondashuv investitsiya jalb qilishdan barqaror investitsiya ekotizimini shakllantirishga o‘tmoqda.