O‘rta yo‘lak (Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi, TITR) Markaziy Osiyoni Ozarbayjon orqali Yevropa bozorlariga bog‘lovchi strategik savdo yo‘lagi hisoblanadi. “Elevate Crossroads” tahliliy platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur yo‘lak bo‘ylab savdo hajmini uch baravar oshirish uchun quyidagi 10 ta ustuvor infratuzilma loyihasi muhim ahamiyatga ega:

→ Poti portini kengaytirish

→ Aktau portini modernizatsiya qilish

→ Gruziya uchun lokomotivlar va harakat tarkibini xarid qilish

→ Sivas–Kars–Gruziya chegarasi temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish

→ Axalkalaki–Turkiya temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish, jumladan, stansiyalarni kengaytirish

→ Olmaota shahridagi temir yo‘l tugunidagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida aylanma temir yo‘l liniyasini qurish

→ Bosfor bo‘g‘ozi orqali Uchinchi ko‘prik yo‘nalishi bo‘ylab yuqori o‘tkazuvchanlikka ega temir yo‘l liniyasini rivojlantirish

→ Chegaradagi kechikishlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston–Qozog‘iston yangi temir yo‘l yo‘nalishini qurish

→ Ruminiya va Bolgariyada port hamda temir yo‘l infratuzilmasiga investitsiyalar kiritish

→ Butun yo‘lak bo‘ylab chegara tartib-taomillarini raqamlashtirish va soddalashtirish

Yo‘lak orqali yuk tashish hajmining jadal o‘sishi uning strategik ahamiyati ortib borayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Xususan, yuk tashish hajmi 2022-yildagi 1,5 million tonnadan 2024-yilda 4,5 million tonnagacha oshdi. 2030-yilga borib esa ushbu ko‘rsatkichni 11,4 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.