Ozarbayjonda raqamli iqtisodiyot investitsiyalar uchun tobora muhim yo‘nalishga aylanmoqda.

2026-yilning dastlabki yetti oyida mamlakatning AKT (axborot-kommunikatsiyatexnologiyalari) sektoriga 298 million manat, ya’ni qariyb 176 million dollar investitsiya kiritildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 68,1 foizga ko‘p.

AKT sektorining mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan jami investitsiyalardagi ulushi 2,7 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yil fonida ayniqsa sezilarli. Chunki o‘sha yili AKT sektoriga kiritilgan investitsiyalar, aksincha, 2024-yilga nisbatan 46,7 foizga kamayib, 373,6 million manatni (qariyb 220 million dollar) tashkil etgan edi.