O‘zbekiston texnologiyalarga asoslangan va innovatsiyaga yo‘naltirilgan iqtisodiy modelga o‘tishni tezlashtirmoqda. So‘nggi bir yilda 43 milliard dollarlik xorijiy investitsiya kelishuvlari imzolandi va 2026-yilda yana 50 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, investorlar bilan ishlash yondashuvi ham yangilanmoqda. Asosiy e’tibor texnologiyalarni olib kirish hamda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilmoqda.
Strategik investorlar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda:
→ investitsiya loyihalarini tezkor ishga tushirish;
→ yer maydonlarini bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish;
→ ruxsatnomalar va infratuzilmaga ulanishni “yagona darcha” orqali amalga oshirish.
Strategik maqsadlar texnologik rivojlanish va uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlikka qaratilayotgani bilan ahamiyatlidir.