O‘zbekistonda “IT Park Uzbekistan” hududida joylashgan xalqaro raqamli texnologiyalar markazi — “Enterprise Uzbekistan” tashkil etilmoqda. U maxsus huquqiy me’yorlar doirasida ingliz huquqiy tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.

Loyihaning asosiy maqsadi — institutsional kapitalni jalb etish, ya’ni investorlar uchun ishonchli va aniq huquqiy muhit yaratishdan iborat.

→ Markaz ingliz huquqiy tamoyillari asosida ishlaydi;

→ Bu investorlar uchun huquqiy noaniqlikni kamaytiradi;

→ O‘zbekistonning global raqamli iqtisodiyotga integratsiyasini tezlashtiradi.

Tizim quyidagilarni nazarda tutadi:

– venchur investitsiyalarini (to’liq shakllanmagan, lekin yuqori potensialga ega) himoya qilish;

– “yagona darcha” tizimi;

– ixtisoslashgan nizolarni hal etish mexanizmlari;

– alohida bank va valyuta savdosi tartiblari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida ushbu markazni ishga tushirish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq bergan.