O‘zbekiston Qoraqalpog‘iston Respublikasida sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish loyihalari uchun maxsus soliqsiz hudud yaratmoqda. Reuters xabariga ko‘ra, kamida 100 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritadigan xorijiy investorlar 2040-yilgacha soliqlar va bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod etiladi.

Mazkur tashabbus alohida ahamiyatga ega bo‘lib, texnologiyalar sohasiga kapital jalb etishning yangi modelini shakllantirmoqda.

→ 2040-yilgacha amal qiladigan uzoq muddatli soliq kafolatlari


→ davlat tomonidan infratuzilmani rivojlantirish


→ elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar.

Bundan tashqari, mamlakat 2030-yilgacha raqamli infratuzilma va sun’iy intellekt sohasiga 1 milliard AQSh dollaridan ortiq investitsiya jalb qilishni maqsad qilgan.