16–18-iyun kunlari Toshkent shahrida 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF 2026) bo‘lib o‘tdi. So‘nggi besh yil davomida forum hukumatlar, taraqqiyot institutlari va xalqaro biznes hamjamiyati o‘rtasidagi muloqot uchun yetakchi platformalardan biriga aylandi. Joriy yilgi forumda dunyoning 100  mamlakatidan qariyb 4 ming nafar ishtirokchi qatnashdi.

Besh yil avval O‘zbekiston 2026-yilga qadar yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmini 100 milliard AQSh dollarigayetkazish bo‘yicha ulkan maqsadni belgilagan edi. Hukumatning so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakat YAIMi 180 milliard AQSh dollaridan oshishi kutilmoqda. Shu davr mobaynida O‘zbekiston 123 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qildi, mamlakatning xalqaro zaxiralari esa 70 milliard AQSh dollaridan oshdi.

Bu yilgi forum muhokamalari iqtisodiy o‘sishning umumiy masalalaridan investitsiya ekotizimini amaliy jihatdan rivojlantirishga qaratildi. Asosiy e’lonlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

→ Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC): korporativ foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va bojxona to‘lovlaridan ozod etishni nazarda tutuvchi 50 yillik maxsus soliq rejimi, shuningdek, ingliz umumiy huquqi (English common law) asosida faoliyat yurituvchi mustaqil regulyator va tijorat sudi.

→ Qoraqalpog‘istondagi sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlari (Data Centre) uchun maxsus zona: 2040-yilgacha barcha asosiy soliqlardan to‘liq ozod etish hamda elektr energiyasi uchun 1 kVt·soatiga 0,05 AQSh dollarimiqdoridagi imtiyozli tarif.

→ Mintaqaviy transport bog‘liqligi: O‘zbekiston Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li, Transafg‘on transport yo‘lagi hamda Kaspiy dengizi orqali o‘tuvchi O‘rta yo‘lak (Middle Corridor) kabi yirik transport loyihalarini faol ilgari surishda davom etmoqda. Bu tashabbuslar Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Yevropa bozorlarini yanada samarali bog‘lashga xizmat qilmoqda.

17-iyun kuni TIIF doirasida O‘zbekiston–Ozarbayjon biznes-forumi ham o‘tkazildi. Mazkur tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.