O‘zbekiston maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yuritadigan Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, markaz 2030-yilgacha qo‘shimcha 20–25 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilishi hamda mamlakat yalpi ichki mahsulotining yillik o‘sishiga 1 foizgacha hissa qo‘shishi mumkin.
Mazkur tashabbus kapital bozorlarini rivojlantirish uchun yangi institutsional infratuzilmani yaratishga qaratilgan.
→ ingliz umumiy huquqi (English Common Law) tamoyillarini qo‘llash
→ xalqaro tijorat sudi va arbitraj tizimini tashkil etish
→ kapitalning erkin harakati va erkin repatriatsiyaga imkon yaratish
→ valyuta operatsiyalarini soddalashtirish hamda qulay soliq rejimini joriy etish
Markaz moliya bozorining asosiy segmentlarini qamrab oladi:
→ investitsiya va bank faoliyati
→ sug‘urta xizmatlari
→ raqamli aktivlar va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar
→ fintex (Fintech) va to‘lov xizmatlari
Bundan tashqari, loyiha doirasida 15 mingtagacha yangi ish o‘rni yaratish va 10 mingga yaqin mutaxassisning malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Shu tariqa, e’tibor alohida investitsiyalarni jalb qilishdan xalqaro standartlarga mos keladigan to‘liq moliyaviy ekotizimni shakllantirishga qaratilmoqda.