Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qilgan nutqida 2036-yilgacha amalga oshiriladigan yettita rivojlanish dasturini belgilab berdi. Ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: ta’lim, sog‘liqni saqlash, yuqori texnologiyali iqtisodiyot, suv va ekologiya, qonun ustuvorligi, mahallani rivojlanish buyurtmachisigaaylantirish hamda xalqaro nufuzni oshirish.
Investorlar uchun asosiy yo‘nalish uchinchi dastur — iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar va yuqori mehnat unumdorligiga asoslangan modelga o‘tkazishdan iborat.
Dasturning asosiy maqsadlari:
→ 10 ming dollar — o‘n yillik oxiriga borib aholi jon boshiga YAIMni ushbu darajagayetkazish;
→ 300 milliard dollar — 2030-yilgacha O‘zbekiston YAIMini shu ko‘rsatkichga yetkazish;
→ 450 milliard dollar — 10 yil davomida xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha maqsad;
→ 2 millionta — sanoatda yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish;
→ Startaplar, venchur kapitali va sun’iy intellektni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish.
Dastur xomashyo bo‘lmagan sohalarga investitsiyalarni rivojlantirish uchun uzoq muddatli yo‘nalishni belgilaydi. Bunda texnologiyalarni mahalliylashtirish, sanoatni modernizatsiya qilish, venchur moliyalashtirish infratuzilmasini rivojlantirish va yuqori daromadli kasblar uchun kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida ko‘rilmoqda.