O‘zbekiston Prezidenti tadbirkorlik subyekti va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi huquqiy mexanizm — “tadbirkorlik subyekti haq ekanligi prezumpsiyasi”ni joriy etuvchifarmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, davlat organi buning aksini isbotlamaguncha, tadbirkor qonun doirasidaharakat qilgan deb hisoblanadi.
Asosiy mexanizmlar:
→ Huquqbuzarlikni isbotlash majburiyati davlat organi zimmasiga yuklanadi.
→ Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi.
→ Davlat organi o‘z qarorini 30 kun ichida qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Ushbu muddatdan so‘ng tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Farmonda, shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha garovlarni qaytarish tartibinisoddalashtirish, kechiktirilgan to‘lovlar uchun Markaziy bank stavkasi bo‘yicha penya hisoblash, shuningdek, reabilitatsiya qilingan shaxslarga maxsus jamg‘arma hisobidan moddiy va ma’naviy zararni qoplash mexanizmlari ham nazarda tutilgan.