Bizning investitsiyalarimiz xususiy sektorning mavjud kompaniyalari yoki yangi loyihalarida ulushli moliyalashtirish shaklida amalga oshiriladi.

Geografiya va sanoat

01
GEOGRAFIYA
Investitsiyalarning asosiy yo‘nalishi — O‘zbekiston va Ozarbayjon
02
INDUSTRIYA — USTUVOR YO‘NALISHLAR
Barqaror va uzoq muddatli o‘sishga ega barcha iqtisodiyot tarmoqlari
03
INDUSTRIYA — ISTISNOLAR
Neft-gaz, harbiy-sanoat majmuasi, tamaki va alkogol, hamda reputatsion xavfga ega boshqa sohalar

Investitsiya maqsadlari

$1–25M
Investitsiya hajmi
49% gacha
Kapitaldagi ulush
>12%
Maqsadli rentabellik (IRR)
1.5x–2.5x
Kapital multiplikatori

Faoliyatga jalb etilish darajasi

  • Direktorlar kengashida ishtirok etish;
  • Oliy rahbariyatni tasdiqlash;
  • Moliyaviy va operatsion majburiyatlarni belgilash;
  • Muntazam moliyaviy va operatsion hisobdorlikni o‘z ichiga olgan korporativ boshqaruvning eng yaxshi amaliyotlarini joriy etish.

Qiymat yaratish va chiqish strategiyasi

AUIC boshqaruv jamoalari bilan hamkorlikda ishlaydi, direktorlar kengashida ishtirok etish, asosiy maqsadlarni kelishish va ishonchli moliyaviy va operatsion yondashuvlarni joriy etish orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Avvalambor yuqori korporativ boshqaruv standartlari va shaffof hisobotga e’tibor qaratamiz, bu esa biznesning barqaror rivojlanishiga va muvaffaqiyatli chiqishga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.

Afzal ko‘riladigan chiqish ssenariysi — uzoq muddatli istiqbolga ega bo‘lgan sohaga ixtisoslashgan investorga strategik sotuvdir. Shu bilan birga, opsionni amalga oshirish, IPO yoki ikkilamchi bitimlar ham muqobil yechim bo’la oladi. Bizning maqsadimiz — ehtimoliy xavfni nazorat qilgan holda jozibador daromadlilikni ta’minlash va barqaror, kengaytiriladigan biznes uchun poydevor yaratish.