2025-yilda O‘rta koridor orqali tashilgan yuklar hajmi 4,7 million tonnaga yetdi. 2026-yilda esa ushbu ko‘rsatkich yana 10 foizga oshishi prognoz qilinmoqda. Boku–Tbilisi–Kars temir yo‘li mintaqaviy tranzitning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘z samaradorligini namoyish etdi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:

→ tranzit jarayonlarini raqamlashtirish


→ Zangezur koridorini to‘liq ishga tushirish


→ muntazam va uzluksiz yuk poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish


→ qo‘shma logistika markazlari va transport kompaniyalarini tashkil etish


→ Kaspiy dengizida kemasozlik bo‘yicha ishchi guruh tuzish

Shuningdek, ustuvor transport va logistika loyihalarini moliyalashtirish uchun Turkiy investitsiya jamg‘armasi resurslaridan foydalanish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

O‘rta koridor Markaziy Osiyoni Ozarbayjon va Turkiya orqali Yevropa bozorlariga bog‘laydigan strategik transport yo‘lagi sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda.