2025-yilga kelib O‘rta yo‘lak (Middle Corridor) orqali tashilgan yuklar hajmi 4,12 million tonnaga yetdi. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichdan 9 baravar ko‘p.
Shu bilan birga, yuk oqimining deyarli barchasi Kaspiy dengizi orqali o‘tadi. Shu sababliportlar va kemasozlik infratuzilmasi ushbu transport yo‘nalishining muhim tarkibiy qismigaaylanmoqda.
Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston ushbu infratuzilmaga investitsiyalarni oshirmoqda:
Ozarbayjon — Boku kemasozlik zavodini rivojlantirmoqda. Hozirgacha 14 ta kema qurib bitkazilgan, yana 11 ta kema ishlab chiqarish jarayonida.
Qozog‘iston — Quriyk portida qiymati 292 million dollar bo‘lgan yangi kemasozlikzavodini qurmoqda. Shuningdek, ikkinchi korxonani tashkil etish uchun 100 million yevroinvestitsiya jalb qilinmoqda.
Turkmaniston — Bolqon kemasozlik zavodining ishlab chiqarish quvvatlarinikengaytirmoqda. Yuk oqimining ortishi mintaqada kapital, yangi kemalar va infratuzilmaviy loyihalarga bo‘lgan talabni oshirmoqda.