O‘zbekiston va Ozarbayjon Hukumatlararo komissiyasining 15-yig‘ilishida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bugungi kunda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qatoriga neft-gaz sanoati, energetika, avtomobilsozlik, qurilish va ko‘chmas mulk loyihalari, turizm, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda boshqa sohalar kiradi.
Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdoda ham sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 40 foizga oshdi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 307,2 million dollarni tashkil etib, bir yil ichida 14,6 foizga o‘sgan.
Tomonlarning maqsadi — o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish.