Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 barobarga oshib, 3,5 milliard AQSh dollaridan 8,75 milliard dollargacha yetishi kutilmoqda. Ushbu o‘sishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yilda joriy etilgan soliq imtiyozlari muddati uzaytiriladi.

So‘nggi sakkiz yil davomida mintaqa sezilarli natijalarga erishdi. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston oxirgi o‘rinlardan yettinchi o‘ringa ko‘tarildi. Sanoat ishlab chiqarishida eksport ulushi 4 foizdan 30 foizgacha oshdi, eksport hajmi esa 3,5 barobar o‘sib, 2,1 milliard AQSh dollariga yetdi.

Kelgusi besh yil uchun asosiy maqsadlar:

→ eksport hajmini 435 million dollardan 900 million dollargacha oshirish


→ hudud iqtisodiyoti hajmini 54,3 trillion so‘mdan 102,5 trillion so‘mgacha kengaytirish


→ umumiy qiymati 7,2 milliard dollar bo‘lgan sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish.

Imtiyozlarning uzaytirilishi investorlar uchun o‘rta muddatli istiqbolda yanada barqaror va oldindan prognoz qilinadigan sharoitlarni yaratishi kutilmoqda.